1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

Bu galgi taqiqlar Shimoliy Koreya bilan bog‘liq.

Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

 

Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda hukumat bosh kotibi Matsuno Xirokadzu maʼlum qildi.

 

Matsuno sanksiyalarni “Yaponiyaning  KXDR bilan mavjud muammolar bo‘yicha qadami” deb atagan va Pxenyandan aniq harakatlar talab qilgan.

 

Bundan tashqari, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ham yangi cheklovlar haqida gapirgan.

 

“Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlab, biz jarayonni kuzatishda davom etamiz”,– degan u.

 

Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT xavfsizlik kengashi taqiqlarini buzganligi uchun to‘rt Rossiya tashkiloti va uch nafar fuqarosiga, shuningdek, KXDRning olti fuqarosiga nisbatan sanksiya joriy etilgan.

 

Avvalroq KXDR ballistik raketasi Yaponiya ichki suvlariga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика