1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya turistlar uchun koronavirus cheklovlarini yumshatdi

Keyingi haftadan barcha davlat fuqarolarining mamlakatga kirishiga ruxsat berildi.

Yaponiya turistlar uchun koronavirus cheklovlarini yumshatdi

 

7 sentyabrdan Yaponiyaga turistik guruhlar tarkibida barcha davlat fuqarolari kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

 

Bundan oldin iyun oyida rasmiy Tokio 98 davlat fuqarolariga cheklovlarni yumshatgandi. Endilikda karantin cheklovlari yana-da yumshatilishi rejalashtirilgan.

 

Hukumat 7 sentyabrdan boshlab Yaponiyaga kuniga 50 ming xorijlik kirishiga ruxsat bergandi. Bundan tashqari, yakka sayohat qilayotganlarning ham kelishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

 

Mamlakat migratsiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, koronavirus cheklovlari yumshatilgach, iyun va iyul oylarida turistik guruhlar tarkibida 8.1 ming xorij fuqarolari Yaponiyaga kelgan.

 

2019 yilda Yaponiyaga 31.88 million turist tashrif buyurgan. Hukumat 2020 yilda bu ko‘rsatkichni 40 millionga yetkazishni maqsad qilgandi. Ammo pandemiya tufayli rejalar ortga surildi.

 

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика