1-oktabrdan boshlab Yaponiya, Toyoake shahrida aholiga ish yoki maktabdan tashqari kuniga atigi ikki soat mobil telefon, planshet, o‘yin pristavkalari va kompyuterlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Shahar meri Masafumi Kuoki maktab o‘quvchilarining mobil qurilmalarga qaramligi oshgani sababli bunday cheklov joriy etilganini bildirgan. Merning maqsadi yoshlar orasida texnologiyaga qaramlikni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishdir.
Qayd etilishicha, yangi qoida ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, uni nazorat qilish yoki jarima qo‘llash ko‘zda tutilmagan. Shu bilan birga, aholiga texnologiyadan me’yorida foydalanish va vaqtini samarali tashkil etish tavsiya etiladi.


