Bu haqda Yaponiyaning “Kyodo News” nashri xabar bermoqda.
Mazkur loyihani muassasa rahbari Yasuxiro Tsukamoto boshqargan. Uning jamoasi tuyaqushlar organizmdagi begona jismlarni zararsizlantiradigan bir necha turdagi antikorlarni ishlab chiqarishga moyilligini payqashdi.
Fevral oyida olimlar laboratoriyada tuyaqushlari tanasiga COVID-19 ning faolsizlangan zarralarini kiritdilar. Tajriba natijasida shifokorlar qushlar qo‘ygan tuxumlardan ko‘p miqdorda antitelalar ajratib olishdi.
Olingan antelalarga asoslanib, olimlar lyuminestsent bo‘yoq bilan ishlov berilgan himoya filtrini yaratdilar va uni niqobga joylashtirdilar. Virus zarralari bilan aloqa qilganda, niqobning yuzasi ultrabinafsha spektrda porlaydi.
Yaponiyalik mutaxassislar 10 kun davomida koronavirusga chalingan 32 nafar bemor bilan test o‘tkazdi. Ular tadqiqot ishtirokchilari kiygan barcha niqoblar ultrabinafsha nurlanishiga reaksiyaga kirishishini aniqladilar. Keyin jamoa tajribani 150 ishtirokchiga kengaytirdi.
Tajriba yana niqobning samaradorligini tasdiqladi va Tsukamoto ham to‘satdan uning COVID-19 bilan kasallanganligini bilib oldi.
Tsukamoto shunday deydi:
“Kelajakda biz niqobni har kim ishlatishi mumkin bo‘lgan oddiy sinov to‘plamiga aylantirmoqchimiz va bunday to‘plam albatta arzon narxda bo‘ladi”.
Maʼlumot uchun: oktyabr oyi o‘rtalarida Hindistondan kelgan mutaxassislar ochiq havoda yuzga niqob kiyish kerakligini tushuntirishdi.
Ularning fikriga ko‘ra, quyuq shamol ham virusni tarqalishini kuchaytirishi va virus zarralarini tinch sharoitlarga qaraganda ancha uzoqroq masofalarga olib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “delta” shtammi keng tarqalayotgani hamda Yaponiya “Omicron” shtammi tufayli xorijliklar uchun yopilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


