1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada favqulodda holat eʼlon qilinadi

Yaponiya hukumati Olimpiya o‘yinlari oldidan poytaxtda favqulodda holat rejimini joriy qilmoqchi.

Yaponiyada  favqulodda holat eʼlon qilinadi

Yaponiya iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha vaziri, koronavirusga qarshi kurashish dasturi rahbari Yasutosi Nisimura Tokioda favqulodda holat 12 iyuldan 22 avgustgacha kuchda bo‘lishini eʼlon qildi. Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladi.

Musobaqalarga mahalliy aholining kiritilishi masalasi hamon ochiqligicha qolmoqda. Olimpiada tashkilib qo‘mitasi rahbari Seyko Xasimoto musobaqalarga muxlislarni kiritmaslik ehtimoliy variant sifatida ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

Muxlislarni o‘yinlarga kiritish masalasi payshanba yoki juma kuni Yaponiya hukumati va O‘yinlar tashkilotchilarining muzokarasida hal qilinadi. Muzokaralar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax raisligida o‘tadi. U bugun tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini tekshirish uchun Tokioga boradi.

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика