Yaponiyaning sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaiti hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) rahbarligi uchun saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqida Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda.
“LDP yangi rahbarining vakolati 2027 yilgacha davom etadi. LDP raisligi saylovlarida g‘alaba qozonish avtomatik ravishda Yaponiya bosh vaziri lavozimiga tayinlanishni kafolatlamaydi, chunki partiya parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotgan. Biroq LDP “Komeyto” partiyasi bilan koalitsiyada parlamentdagi eng nufuzli siyosiy kuch bo‘lib qolmoqda”, deya yozmoqda Kyodo.
Nashrning maʼlum qilishicha, Takaiti oktyabr oyidayoq lavozimiga kirishishi va Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri bo‘lishi mumkin.


