1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada ko‘chki oqibatida 20 kishi bedarak yo‘qoldi

Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasida yuz bergan ko‘chki natijasida 20ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi.

Yaponiyada ko‘chki oqibatida 20 kishi bedarak yo‘qoldi

 Prefektura hokimiyati yordam so‘raganidan so‘ng voqea joyiga qutqaruvchilar yetib keldi, hukumat maʼlumot yig‘ish bo‘yicha tezkor guruh tuzdi. 

Atami shahrida o‘nlab uylar vayron bo‘lgan. Shahar sanʼat muzeyida vaqtinchalik boshpana ochildi. 

Bunday xavfli tabiat hodisasiga kuchli yomg‘ir sabab  bo‘lmoqda. Yaponiyaning markaziy hududlarida bir necha kundan buyon yomg‘ir tinmayapti. Ayrim tumanlarda 2 sutkada 400 dan 600 ml gacha yog‘ingarchilik kuzatilgan. 

Tokio yaqinidagi Kanagava prefektusining 200 ming aholisiga ham ko‘chki xavfi tufayli evakuatsiya qilinish tavsiya etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика