1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirlar doirasida san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

 

Tokio shahridagi mingga yaqin o‘ringa ega “Ginza” saroyida Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

 

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturida O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

“Bugun biz Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimida yig‘ilib turibmiz. Bu nafaqat madaniy hayotimizdagi muhim voqea, balki O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalarning yana bir yorqin ifodasidir. O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarini qadimiy tarix, boy madaniyat, an’analarga sadoqat va kelajakka ishonch birlashtirib turadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib, siyosiy, iqtisodiy va, ayniqsa, madaniy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida, jamiyat hayotining barcha sohalari rivojlanmoqda hamda O‘zbekiston ochiq va zamonaviy davlat sifatida dunyoga yanada tanilib bormoqda.

 

Madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli, milliy madaniyatni asrab-avaylash, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Bugungi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbiri ana shu siyosatning amaliy natijalaridan biridir” - dedi vazir Ozodbek Nazarbekov nutqi davomida.

 

Konsertda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandalari, “Tumor” raqs ansambli raqqosalari, “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Isroilov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov, O‘zbekiston xalq artisti Zulayxo Boyxonova, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shaxnoza Yoqubjonova, O‘zbekistonning Yaponiyadagi madaniyat elchisi Mashu Komazaki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ishtirok etishdi.

 

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari davom etmoqda.

 

Yaponiyadagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari doirasida san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика