Yong‘in va tabiiy ofatlarni nazorat qilish agentligi Yaponiya bo‘ylab qariyb 1,3 million kishiga yaqinlashib kelayotgan bo‘ronga qarshi evakuatsiya qilishni maslahat berdi. Bu haqda Tengrinews “Dw.com”ga tayanib xabar berdi.
Bo‘ron juma kuni Yaponiyaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir keltirib chiqardi. Okinavada shamol soatiga 90 kilometr tezlikda esgan. Buning oqibatida sakkiz kishi jarohatlandi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, 300 dan ortiq reys va 52 ta parom bekor qilingan, shuningdek, bir qancha temiryo‘l liniyalari vaqtincha yopilgan.


