
“Biz bu jarayonni bir daqiqaga bo‘lsa ham to‘xtatmoqchi emasmiz”, — degan Xatibzoda.
Shu bilan birga rasmiy vakil muzokaralar ishtirokchilaridan “amaliy qadamlar” kutilayotganini aytgan. Shu bilan birga Eron “Umummiy qo‘shma dasturlar rejasi” kelushuvi doirasidan tashqariga chiqadigan majburiyatlarni bo‘yniga olmasligi qayd etilgan.
“Hamkorlikdagi umumiy harakatlar dasturi” bir tomondan Eron, ikkinchi tarafdan AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasidagi kelishuvdir. U 2015-yilda imzolangan. Unga ko‘ra, rasmiy Tehron yadro qurolini yaratishdan voz kechishi, G‘arb esa bosqichma-bosqich mamlakatga joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishi ko‘zda tutilgan. Biroq 2018-yilda AQSH shartnomadan chiqqanini eʼlon qildi. O‘sha paytdagi Prezident Donald Tramp bu kelishuv Yaqin Sharqda yadro poygasini kuchaytirib yuborishini sabab qilib ko‘rsatgan edi.
Jozef Bayden prezident etib saylananidan so‘ng, Vashington Eron biln muzokaralarga kirishgan. U Vena shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya qanotli raketalar sinovi o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo‘ziyev


