1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yaqin kunlarda yerni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

Magnit to‘lqini K-indeksida 4 darajada bo‘lishi aytilmoqda.

Yaqin kunlarda yerni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

 

“Yerni hafta oxiriga kelib kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi”, - deya xabar berdi Meteoagent nashri.

 

19-21-fevral kunlari K-indeksida 4 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 22-28 fevralgacha K-indeksida 3 darajada yana bir magnit to‘lqini kuzatiladi. K-indeksi geomagnit faollikni tavsiflaydi va 3 soatlik intervalda Yer magnit maydonining normadan chetlanishini bildiradi.

 

Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

 

Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

 

 bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;

 

uyqu buzilishi;

 

diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;

 

qon bosimning buzilishi;

 

surunkali kasalliklarning kuchayishi;

 

og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;

 

ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;

 

holsizlik hissi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика