1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Yashil makon” loyihasiga mas’uliyatsiz yondashgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortiladi

Bosh prokuratura loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilayotgani va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlarga chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

“Yashil makon” loyihasiga mas’uliyatsiz yondashgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortiladi

 

Qayd etilishicha, birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘chatlar sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga ekilishi hamda masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup ko‘chat nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan.

 

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida esa obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup ko‘chat ekilgani qayd etilsa-da, amalda ko‘chatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun mo‘ljallangan pitomniklardagi qalamchalar bo‘lib, markaziy ko‘chalarga ekilgan ko‘chatlarning 30 foizi sug‘orilmagani va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani natijasida qurib, o‘suvchanlik qobiliyatini yo‘qotgan.

 

Sirdaryo viloyatida jami 1 355 tup daraxt ko‘chatlari, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ekilgan 3,5 ming tup ko‘chatning yarmidan ko‘pi qarovsizlik oqibatida nobud bo‘lgan.

 

Shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2 435 tup amalda ekilmagan ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilib, budjetdan ajratilgan mablag‘lar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan.

 

“Hozirga kelib, o‘z vazifalarini bajarishga masʼuliyatsizlik bilan qarab, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan 29 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoralar rahbarlarining qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalasi hal etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика