“Time” jurnali 2023 yilning eng nufuzli 100 kishilari ro‘yxatini yangiladi. Qayd etilishicha, ro‘yxatda oltita toifa mavjud. Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Liderlar toifasiga kirdi.
"Urush davrida sahna ortida xizmat qilgan va hech qachon eʼtibor so‘ramagan. Ikki farzandning onasi, urush davrida jasoratini ko‘rsatdi. U bolalarini olib qochishi mumkin edi. Qaysi ona uni ayblardi? Ammo u qoldi.U qoladi, chunki erkinlik demokratiya himoyachilarga loyiqdir. U o‘z farzandlari uchun — ularning kelajagi va barcha ukrainaliklarning kelajagi uchun qoldi", — dedi AQSH birinchi xonimi Jill Bayden.
Bundan tashqari, ro‘yxatda: tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Aleksandra Matviychuk, AQSH prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Braziliyaning 39-prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva va boshqalar bor.
Titanlar ro‘yxatiga biznesmen Ilon Mask, futbolchilar Lionel Messi, Killian Mbappe, qo‘shiqchi Beyons va Biontech vaksinasini ishlab chiquvchilari Ug‘ur Shahin va O‘zlem Tureji kiradi.


