Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 187 610 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66 019 taga oshgan.
2022-yilning yanvar-avgust oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 768,8 ming tonna;
— Ko‘mir – 3,4 mln. tonna;
— Neft– 519,4 ming tonna;
— Gaz kondensati – 864,8 ming tonna;
— Yengil avtomobillar – 187 610 dona;
— Avtobus – 713 dona;
— Yuk avtomobillari – 2 784 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 145,9 ming dona.


