Mazkur loyiha ob-havo sharoiti va kun vaqtidan qat’i nazar, Yerning uzoq – orol, tog‘ va shimoliy hududlarini muqobil elektr energiyasi bilan muntazam ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, favqulodda holatlarda energiyani boshqa kosmik kemalarga o‘tkazish imkonini beradi.
Elektr stansiyasi majmuasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: koinot va Yer. Kosmosda transmitter moduli – 70 kvadrat metr maydonga ega uchuvchisiz kosmik kema bo‘ladi. U Quyosh energiyasini to‘playdi va uni Yerga uzatadi. Qabul qiluvchi modul sirtda joylashgan bo‘ladi – antennalar tizimi lazer kanali orqali quyosh energiyasini oladi, uni o‘zgartiradi va tarqatadi.
Avvalroq Jeff Bezos tijoriy kosmik kema qurmoqchi ekani xabar qilingan edi.
Nasiba To'xtayeva


