1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Yerga noma'lum uchuvchi jism yaqinlashmoqda

Obyekt diametri 24 km bo‘lib, u kometa yoki boshqa sayyoradan kelgan texnologik qurilma bo‘lishi mumkin.

Yerga noma'lum uchuvchi jism yaqinlashmoqda

1-iyul kuni astronomlar tomonidan koinotda aniqlangan sirli obyekt noyabr oyida Yerga sezilarli darajada yaqinlashishi mumkin. Bu haqda Garvard universiteti astrofiziklariga tayanib New York Post nashri xabar berdi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, obyektning diametri 24 kilometrgacha yetadi. Ayrim tadqiqotchilar bu obyekt boshqa galaktikadan kelgan, maxsus razvedka texnologiyalariga ega sun’iy tuzilma bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti. Boshqalar esa bu oddiy kometa yoki quyosh tizimidan chiqarilgan fazoviy jismlardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 

Hozirda obyekt ustida qo‘shimcha ilmiy kuzatuvlar olib borilmoqda. Olimlar har qanday xavf ehtimolini istisno qilmagan holda, uning trayektoriyasi, tarkibi va kelib chiqishi haqida batafsil ma’lumot to‘plashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика