AQSH va Yevropa Ittifoqi Kosovodagi “tarang vaziyat”ning barcha tomonlarini zudlik bilan keskinlikni yumshatishga, provokatsiyalar, tahdid va qo‘rqitishlardan tiyilishga chaqirmoqda.
AQSH va Yevropa Ittifoqi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Kosovo bosh vaziri Albin Kurti bilan siyosiy yechim topish hamda keskinlikni kamaytirish ustida ishlamoqda.
Kosovo politsiyasi dekabr oyida shimolda bir necha politsiyachini 1998-1999 yillardagi mojaro va terrorchilik davrida harbiy jinoyatlarda gumon qilib hibsga oldi. 10 dekabr kuni Kosovo serblari shu sababli barrikadalar o‘rnatgan va mintaqa shimolidagi magistral yo‘llarda navbatchilik qilmoqda.
Kosovo Respublikasi bosh vaziri Albin Kurti 15 dekabr kuni Prishtinaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lish haqidagi arizasini Chexiyaga topshirdi. Bir qator Yevrottifoq davlatlari —Ispaniya, Gretsiya, Kipr, Slovakiya va Ruminiya Kosovoni tan olmaydi.


