1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevroittifoq mamlakatlarini noodatiy yoz kutmoqda

Bu o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lishi, shubhasiz. Ittifoqqa aʼzo davlatlar bunga tayyormi?

Yevroittifoq mamlakatlarini noodatiy yoz kutmoqda

 

Bu yil Yevroittifoq mamlakatlarida qurg‘oqchilik bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarga ko‘ra, Ittifoqqa aʼzo mamlakatlarni noodatiy yoz kutmoqda.

 

Inqirozni boshqarish bo‘yicha YEI komissari Yanez Lenarchichning taʼkidlashicha, mintaqada yil biroz quruq kelmoqda.

 

"Qurg‘oqchilik kutilayotgan jazirama bilan birga o‘rmon yong‘inlariga sababchi bo‘lishi shubhasiz", — deya qo‘shimcha qiladi siyosatchi.

 

Lenarchichning maʼlum qilishicha, Yevroittifoq bu yilgi yoz mavsumi arafasida o‘zining yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha havo flotini anchayin mustahkamlagan.

 

O‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga jalb qilinadigan samolyotlar va vertolyotlar soni 13 tadan 28 tagacha ko‘paytirilgan. Hozirda Yevropa o‘t o‘chiruvchilari ixtiyorida 10 ta Canadair samolyotlari, 14 ta samolyot-amfibiya va 4 vertolyot bor.

 

Texnikalar Yevroittifoqning 10 ta davlatida saqlanadi. Bundan tashqari, Gretsiya, Portugaliya va  Fransiyaga oldindan 400 nafar o‘t o‘chiruvchilar joylashtiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика