1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Yevroittifoq Ukrainani qayta tiklashga yordam beradi

Yevrokomissiya rahbari Londonda Ukraina bosh vaziri bilan uchrashdi.

Yevroittifoq Ukrainani qayta tiklashga yordam beradi

 

Karl III'ning toj kiyish marosimi munosabati bilan Londonda bo‘lgan Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqda komissiya prezidenti Twitter’da ma’lum qildi. 

 

Ma’lum qilinishicha, suhbat Ukrainaning tiklanishi va Yevropa Ittifoqining ruslarga qarshi kurashda keyingi yordami haqida bo‘lgan.

 

"Bosh vazir Denis Shmigal bilan juda samarali uchrashuv boʻldi. Biz Ukrainani qayta tiklash boʻyicha iyun oyida Londonda boʻlib oʻtadigan konferensiyani hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqining Ukrainani qayta qurish boʻyicha qoʻllab-quvvatlashini muhokama qildik. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berishga sodiq qoladi", — deb yozgan Yevrokomissiya rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика