Yevropa parlamentining yetakchi fraksiyasi — Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber Vengriyani istisno qilgan holda Rossiya neftiga qarshi embargo joriy etishni taklif qildi.
"To‘g‘risini aytsam butun Yevroittifoqning ikkilanayotgan davlat ortidan yurishidan charchadim. Agar Viktor Orban (Vengriya bosh vaziri) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bloklasa, biz Budapesht ishtirokisiz qaror qabul qilishimiz kerak. Boshqa chora qolmasa, ushbu chorani inkor qila olmaymiz", — degan siyosatchi.
Bu Vengriya ishtirokisiz Rossiya neftiga qarshi sanksiya joriy etishni nazarda tutadi. Veberning qo‘shimcha qilishicha, Orbanning YEIning boshqa qismni garovda ushlab turishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Shu navbatida Yevroittifoqning sanksiyalar to‘g‘risidagi qarori barcha aʼzo davlatlar roziligini olishni taqozo etadi.
Avvalroq Rossiya neft va gazdan rekord miqdorda foyda olayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


