1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevroittofoq va NATO o‘rtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi

U bir qator masalalarni o‘z ichiga oladi.

Yevroittofoq va NATO o‘rtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi

 

Yevropa Ittifoqi va NATO o‘rtasida kelgusi yillardagi hamkorlikni belgilab beruvchi ikki tomonlama hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi.  Alyansning Bryusseldagi shtab-kvartirasida kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Hujjatni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel imzoladi. Deklaratsiya hali ommaga eʼlon qilinmagan.

 

Maʼlumki, bu YEI va NATO o‘rtasidagi uchinchi kelishuvdir. Bu ikki yil avval muhokama qilina boshlagan. Hujjatning imzolanishi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi hamda Turkiya va Kipr o‘rtasidagi keskinlik tufayli bir necha bor kechiktirilgan. Dastlab deklaratsiya 2022 yil iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida imzolanishi kerak edi.

 

G‘arb agentliklariga ko‘ra, kelishuv “o‘sib borayotgan geostrategik raqobat”, muhim infratuzilmani himoya qilish va yangi texnologiyalar tahdidlariga qarshi kurashish, NATO va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish mavzularini o‘z ichiga oladi. Tomonlar, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuchlarini oshirishga kelishib oldilar.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика