Yevropa komissiyasi Rossiya tabiiy gazi uchun to‘lovlar sxemasini o‘zgartirish talabini batafsil huquqiy tahlil qildi. Agar biron-bir davlat yoki kompaniya gaz uchun to'lovni rublda amalga oshirishga harakat qilsa, bu sanksiyalarni chetlab o'tish deb hisoblanadi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen ma’lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya tomonidan gaz uchun to'lovni rublga almashtirish uchun taklif qilingan sxema xavfli hisoblanadi.
“Bizning o‘ylashimizcha, almashtirish taklifi nafaqat kompaniyalar uchun xavf tug‘diradi, balki mavjud sanksiyalarni chetlab o‘tadi”, — dedi Ursula fon der Leyen.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Avval tuzilgan shartnomalardagi narxlar va hajmlar o‘zgarmaydi, faqat to‘lov valyutasi o‘zgaradi, dedi Kreml. O'z navbatida, Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlashga kirishdi, bu esa Moskvaning rubldagi gaz uchun to'lovlar bo'yicha pozitsiyasiga bog'liq bo'ladi.


