1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevrokomissiya rahbari tanqidlar ostida qoldi

Uning tviti odamlarni g‘azablantirdi.

Yevrokomissiya rahbari tanqidlar ostida qoldi

 

Twitter foydalanuvchilari Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni keskin tanqid qilishmoqda. U o‘z tvitida Rossiyani Yevropada 90 yil avval bo‘lgani kabi oziq-ovqat yetishmovchiligini keltirib chiqarganlikda aybladi.

 

“Orada 90 yil o‘tib, Kreml yana oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanmoqda. Biz Ukrainani global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deb yozgan Yevrokomissiya rahbari. 

 

Obunachilar uni Ukraina manfaatlarini Yevropa aholisi manfaatlaridan ustun qo‘yishda ayblashmoqda.


“Siz allaqachon Putin va Ukrainaga berilib ketgansiz. Yevropa haqida o‘ylashingiz kerak”, — deya izoh qoldirilgan.

 

“Hamma narsaga Kreml aybdormi? Bo‘layotgan voqealar uchun siz javobgar ekanligingizga ishonganim ma’qul”, — deya qo‘shimcha qilgan foydalanuvchilardan biri.

 

“Rossiya Yevropa Ittifoqi orqali Afrika davlatlariga o‘z g‘allasini tekin yetkazib berish tarafdori edi, lekin siz o‘zingiz bu rejaning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadingiz”, deyilgan izohlarda.

 

Avvalroq fon der Leyenning “Ukrainalik do‘stlar” haqidagi tviti ham yevropaliklarni g‘azablantirgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика