Yevropa komissiyasi 6-sentabr, seshanba kuni Rossiyaning barcha fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza rejimining to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatladi.
Qayd etilishicha, bunday choralar Ukraina atrofidagi vaziyat hal qilinmaguncha amal qiladi.
Yevrokomissiya vakillarining tushuntirishicha, Rossiya fuqarolari endi Yevropa Ittifoqiga imtiyozli kirish huquqidan foydalana olmaydi. Shengen vizasini olish uzoqroq, qimmatroq va murakkab jarayonga aylanadi.
Shu bilan birga, departamentning taʼkidlashicha, Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatib turishni maʼqullash uchun Yevropa kengashi Yevrokomissiyaning tegishli taklifini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Agar Yevropa Kengashi vizani soddalashtirishni to‘xtatib turishni maʼqullasa, viza to‘lovi 35 yevrodan 80 yevroga ko‘tariladi, so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddati 10-15 kundan 45 kungacha oshiriladi, shuningdek, ko‘p martalik Shengen vizasini berish uchun qatʼiy qoidalar joriy qilinadi.


