1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa davlatlari gaz iste’molini kamaytirishga rozi bo‘ldi

Ayrim mamlakatlarga bunga amal qilmaslikka ruxsat beriladi.

Yevropa davlatlari gaz iste’molini kamaytirishga rozi bo‘ldi

 

 

Yevropa 2022-2023-yilgi qish mavsumida gaz iste’molini kamaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashi sayti xabar tarqatdi. 

 

Bu chora YeI energetik ta’minoti xavfsizligini ta’minlash uun amalga oshirilgani ta’kidlangan. Ittifoq davlatlari Rossiyaan gaz kelishi qichqarishidan xavotirga tushgan. Ular Moskvani energoresurslardan qurol sifatida foydalanishda ayblagan. 

 

Yangi tartibga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan keyingi yilning 31-martiga qadar Yevroittifoq davlatlari gaz iste’molini 15 foizga qisqartiradi. Faqatgina boshqa davlatlar gaz tizimlariga qo‘shilmagan va elektr ishlab chiqarishda “zangori olov”ga kuchli qaram mamlakatlar bunga amal qilmasligiga ruxsat beriladi. 

 

Avvalroq Germaniya kansleri Rossiyani energetika yetkazib berishda ishonchsiz hamkor sifatida baholagandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика