1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa davlatlaridan birining mudofaa vazirligi kiberhujumga uchradi

Oqibatda vazirlik pochta tizimi to‘rt haftaga ishdan chiqqan.

Yevropa davlatlaridan birining mudofaa vazirligi kiberhujumga uchradi

 

Belgiya mudofaa vazirligi elektron pochta tizimi xakerlar hujumi tufayli to‘rt hafta davomida ishlamagan. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Lyudivin Dedonder maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, mudofaa vazirligi xodimlari 2021 yil 16 dekabrda kiberhujum sodir bo‘lganini qayd etishgan. Ularga jo‘natilgan elektron xatlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan, ammo xodimlar javob maktublarini jo‘nata olmagan.

 

Dedonderning maʼlum qilishicha, faqatgina 11 yanvar kuni pochta tizimi qayta tiklangan. Uning faoliyatidagi uzilishlarni amaldor butun yozishmalar tizimining o‘chirib qo‘yilgani bilan bog‘lagan.

 

Avvalroq AQSH Eron xakerlarini prezident sayloviga aralashishda ayblagani haqida xabar qilingandi.

 

 Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика