1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa diplomatiyasi samarasiz — Bolgariya prezidenti

U YеIning xavfsizlik va tashqi siyosatdagi harakatlarini tanqid qildi.

Yevropa diplomatiyasi samarasiz — Bolgariya prezidenti

 

Yevropa diplomatiyasi Ukrainadagi nizoning oldini ololmadi hamda ushbu inqirozda o‘zining samarasiz ekanini namoyish qilishda davom etmoqda. Bu haqda Bolgariya prezidenti Rumen Radev maʼlum  qildi.

 

“Diplomatiya Ukrainadagi nizoni to‘xtatishga ulgurmadi va chekinishda davom etmoqda. Agressiya va urushga barham beradigan qatʼiy  siyosat yetishmayapti. Mojaro oqibatida nafaqat nizo tomonlari har kuni qurbon bermoqda, balki butun Yevropa iqtisodiyoti zarar ko‘ryapti”, – degan u.

 

Radevning fikricha, “sovuq urush” yakunidan so‘ng Yevropa tinchlikni saqlab qolishga, mudofaa va havfsizlik hamda diplomatiya sohalarini mustahkamlashga yetarli eʼtibor bermadi.

 

“Biz bir savolni o‘rtaga tashlashimiz kerak: Nima uchun diplomatiya raketa va bombalar ortidan yurishi kerak”, – deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.

 

Avvalroq AQSH va Yevropa Ukrainada ehtimoliy yarashuv masalasini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика