Yevropa Rossiya gaziga muqobil qidirish jarayonida Afrikani “eslab qoldi”. Anadolu agentligining xabariga ko‘ra, Yevroittifoq Nigeriyadan gaz importini ko‘paytirmoqchi.
Shu munosabat bilan mamlakat poytaxti Abudja shahrida Nigeriya milliy neft korporatsiyasi rahbari Malam Mele Kyari YEI vakillari bilan uchrashdi.
“Biz Nigeriya uchun nafaqat yirik mijoz, balki uning neft-gaz sanoatidagi asosiy hamkorimiz. Chunki bu mamlakatda Yevropa kompaniyalari ishlaydi. Shuning uchun bizni umumiy manfaatlar bog‘lab turadi”, – degan Yevropa Ittifoqining Nigeriyadagi elchisi Samuela Isopi.
Mele Kyari ham uning davlati jahon bozoriga tabiiy gaz importini ko‘paytirish niyatida ekanini maʼlum qilgan.
Maʼlumot o‘rnida: Nigeriya Yevropaga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Uning 40 foiz gazi YEIga eksport qilinadi.
Shuningdek, neft zaxiralari bo‘yicha u dunyoda sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Aniqlangan neft zahiralari 37 milliard barreldan ortiq. (dunyoning 3.1 foiz nefti). Mamlakat neft xomashyosini qazib olishda 15 yetakchi davlatlardan biri. Uning eksporti bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi.
Nigeriyaning Rivers va Delta shtatlari kuniga 1.5 million barrel “qora oltin” qazib olinishi mumkin.
Avvalroq OPEC Rossiya neftining o‘rnini bosa olmasligi haqida xabar berilgandi.


