1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropada issiq havo tufayli 2 mingdan ortiq odam vafot etdi

Ko‘plab odamlar kasalxonalarda yoki o‘z uylarida hayotdan ko‘z yumgan.

Yevropada issiq havo tufayli 2 mingdan ortiq odam vafot etdi

2025-yilning 23-iyunidan 2-iyuligacha Yevropani qamrab olgan kuchli issiqlik to‘lqini qariyb 2 300 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Buyuk Britaniya, Gollandiya, Daniya va Shveytsariyadagi yetakchi ilmiy markazlar olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, ushbu fojealarning 1 500 tasi insoniyat faoliyati bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishlari bilan bevosita aloqador. Bu haqda Aljazeera nashri xabar bergan.

 

Issiqlik to‘lqini Barcelonа, Madrid, London va Milan kabi yirik shaharlarda kuzatilib, havo harorati ba’zida +40 °C darajagacha ko‘tarilgan. Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj olgan, Marsel shahrida esa tutun tufayli hatto aeroport yopilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, ko‘plab odamlar kasalxonalarda yoki o‘z uylarida – jamoatchilik e’tiboridan chetda – hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa, yoshi katta insonlar, bolalar, ochiq havoda ishlovchilar va surunkali kasalligi borlar uchun bunday issiqlik xavfli bo‘lgan.

 

Evropa Ittifoqining iqlim bo‘yicha Copernicus xizmati iyun oyini tarixdagi eng issiq uchinchi oy sifatida qayd etdi. Mutaxassislar ogohlantirishicha, kelajakda bunday issiqlik to‘lqinlari yanada tez-tez, kuchliroq va ko‘proq odamga ta’sir qiladigan bo‘ladi. Shu bois, hukumatlar iqlimga moslashish va aholini himoya qilish choralarini jiddiy ko‘rib chiqishi zarur.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика