1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropada navbatdagi energiya inqirozi kutilmoqda

Vaziyat sovuq ob-havo sharoiti tufayli yana-da og‘irlashishi mumkin.

Yevropada navbatdagi energiya inqirozi kutilmoqda

Yevropada sovuq havoning boshlanishi munosabati bilan isitish uchun gazga talab keskin oshdi. O‘z navbatida, 2024 yilda gaz narxi 45 foizga ko‘tarildi. Vaziyat sovuq ob-havo sharoiti tufayli yana-da og‘irlashishi mumkin. Shamol elektr stansiyalari orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi zaruriy ehtiyojni to‘liq taʼminlay olmaydi.

 

Bloomberg yaqin kelajakda gaz narxining yana-da oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri sifatida Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari tomonidan hamon sotib olinayotgan Rossiya gazini yetkazib berishning to‘xtatilishi xavfini ko‘rsatmoqda. Bu gaz to‘lovlari amalga oshiriladigan “Gazprombank”ga qarshi AQSHning yangi sanksiyalari tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yil oxirida Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti bo‘yicha kelishuv muddati tugaydi.

 

Bloomberg boshqa xavf omillari sifatida Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan gaz yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlar va qishning ancha sovuq kelishini qayd etadi. Agentlik kutilmalariga ko‘ra, ushbu jarayonlardan eng ko‘p jabrlanadigan mamlakat Germaniya bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика