1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropaga yangi tabiiy ofat xavf solmoqda

Uchta mamlakatda o‘nlab odamlar bo‘ron qurboni bo‘ldi.

Yevropaga yangi tabiiy ofat xavf solmoqda

 

Kuchli bo‘ron sabab Avstriyaning shimoli-sharqida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Italiyada ikki kishi, Fransiyada esa  besh nafar inson hayotdan ko‘z yumgan. 

 

Avstriyalik qurbonlar orasida 4 va 8 yoshli ikki bola borligi aytilmoqda. Yana 13 kishi jarohatlangan. Kuchli shamol ko‘plab daraxtlarni qulatdi va uylarning tomlarini uchirib ketdi. Italiyaning Toskana mintaqasida bo‘ron tufayli 18 kishi tan jarohati olgan. 

 

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning turli hududlarida suv toshqinlari sodir bo‘lgan. Xususan Fransiyaning Korsika mintaqasiga shamolning tezligi soatiga 222 km ga yetgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика