Yevropa Ittifoqi aholisining aksariyati Ukrainaning Ittifoqga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu “Bertelsmann” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasida ma’lum bo‘ldi.
So‘rovnomada ishtirok etgan yevropaliklarning deyarli 66 foizi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tarafdori. Polshada respondentlarning 84 foizi buni yoqladi. Germaniya va Fransiyada qo‘llab-quvvatlash darajasi kamroq, ya’ni 60 foizni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, yevropaliklarning 80 foizdan ortig‘i ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlagan. Mart oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatgich 5 foizga, xususan, Fransiyada 8, Niderlandiyada 7 va Polshada 6 foizga pasaygan.
Shuningdek, nemislar orasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchilar salmog‘i biroz kamaygan.


