1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

YEXHT kuzatuvchisi saylovga yuqori baho berdi

Мissiya rahbari Dаniela de Ridderning maʼlum qilishicha, saylovlar shaffof o‘tmoqda.

YEXHT kuzatuvchisi saylovga yuqori baho berdi

 

 

YXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti  sayloviga baho berdi. Bu haqda "Regnum" xabar qildi.

 

YXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilar missiyasi rahbari Dаniela de Ridderning maʼlum qilishicha, saylovlar shaffof o‘tmoqda.

 

“Bizga jarayonlar juda yoqyapti. Ikki kundan beri O‘zbekistondamiz. Hammasi shaffof o‘tmoqda, barcha partiyalardan kuzatuvchilar bor. O‘zgarishlar ko‘rinyapti”, – degan u.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, missiya tarkibida 99 kishi O‘zbekistonga kelgan, ular 42 guruhga bo‘lingan. Ularning har biri bugun Buxoro, Samarqand va Toshkentda o‘ntadan saylov uchastkasidagi jarayonlarni kuzatadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Prezident saylovida jami akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilar soni 969 tani tashkil etadi. Bulardan 629 ta xalqaro tashkilotlardan, 340 tasi xorijiy davlatlardan.

 

Avvalroq Tanzila Norboyeva Prezidentlik saylovida ovoz bergani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика