1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

YHXX ro‘yxatlash bo‘linmalari uchun 100 ta “Volkswagen Caddy” sotib olinadi

Shuningdek, boshqa hududiy bo‘linmalar uchun 27 ta “Spark” xarid qilish rejalashtirilgan.

YHXX ro‘yxatlash bo‘linmalari uchun 100 ta “Volkswagen Caddy” sotib olinadi

 

Qonun loyihasi bilan Ichki ishlar vazirligiga ikki oy muddatda quyidagi vazifalar yuklanmoqda:


 

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda respublika hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call center”ni tashkil qilish;

     

  • migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlari foydalanish uchun elektron ariza yuborish yoki qo‘shimcha to‘lov asosida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni uyga chaqirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot (mobil ilova) ishga tushirilishini taʼminlash.

 

 

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining Toshkent shahar va viloyatlar markazlaridagi bo‘linmalari uchun 27 ta “Spark” rusumli avtotransport vositalarini va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi ro‘yxatlash bo‘linmalari uchun 100 ta «Volkswagen Caddy» rusumli avtotransport vositalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq xarid qiladi.

 

Shuningdek, migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali tashkil etishni taʼminlash maqsadida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga 27 ta planshet va yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalari, YHXXga 135 ta planshet qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarid qilinadi.

 

Bundan tashqari, boshqarmaga 27 ta mutaxassis yoki xizmatchi sifatida shartnoma asosida jalb etiladigan, YHXXga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida 135 ta qo‘shimcha shtat birligini ajratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика