Amerikaning Politico nashri manbalariga tayanib maʼlum qilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga nisbatan kuchaytirilgan energetika sanksiyalariga qarshi emas.
"Hozirgi vaqtda mavjud energiya embargolarini kuchaytirishga jiddiy qarshilik ko‘rsatilmagan, hatto Rossiyaning deklaratsiya qilinmagan neft importidan foyda ko‘rayotgan davlatlar tomonidan ham", — deya nashrdan iqtibos keltirgan РИА Новости.
Gazetaning yozishicha, sanksiyalar paketining ishchi versiyasi, norasmiy tarzda Rossiya neftini olib ketayotgan kemalarning Yevropa Ittifoqi portlariga kirishini taqiqlaydi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Rossiya bilan savdoni davom ettiruvchi va kengaytiruvchi uchinchi davlatlar faoliyatiga qarshi qaratilgan kengroq sanksiyalar paketining bir qismidir.
Moskvaga qarshi G‘arb neft sanksiyalari 2022-yil 5-dekabrda kuchga kirgan edi: Yevropa Ittifoqi dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftini qabul qilishni to‘xtatdi, G7 davlatlari, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi esa dengiz orqali tashishda uning narxi barreliga 60 dollar darajasida cheklov joriy etdi – asosan qimmatbaho neftni tashish va sug‘urta qilish taqiqlanadi. Rossiya bunga javoban 1 fevraldan boshlab, xorijliklarga neft yetkazib berishni taqiqladi.
Shundan so‘ng 5-fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya neft mahsulotlari importini taqiqladi, YI va G7 davlatlari esa ular uchun narx chegarasini belgiladi. Baʼzi davlatlar sanksiyalardan istisno qildi.


