1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 200 dan ortiq kishi ish joyida halok bo‘ldi

Eng ko‘p noxush holatlar qurilish sohasida qayd etilgan.

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 200 dan ortiq kishi ish joyida halok bo‘ldi

 

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar oqibatida 200 nafardan ortiq fuqaro halok bo‘ldi. Eng ko‘p noxush holatlar qurilish sohasida qayd etilgan.

 

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayevning maʼlum qilishicha, yil boshidan buyon respublika bo‘ylab 730 dan ortiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

 

Mazkur davrda 7 327 ta korxona va tashkilotda mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, qariyb 11 mingta qoidabuzarlik aniqlangan.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 731 ta ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida 813 nafar xodim turli darajada jarohat olgan. Ularning 212 nafari vafot etgan, 535 nafari og‘ir, 26 nafari esa yengil tan jarohati olgan.

 

Soha kesimida eng ko‘p baxtsiz hodisalar qurilish tarmog‘ida qayd etilgan — 198 ta holat. Shuningdek, yengil sanoatda 43 ta, transport sohasida 36 ta, qishloq xo‘jaligida esa 35 ta ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Qolgan holatlar boshqa tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Baxtsiz hodisalarni o‘rganish va tergov qilish jarayonida 2 372 ta mehnat muhofazasi talablariga zid holatlar aniqlanib, masʼul mansabdor shaxslarga jami qariyb 1 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 196 ta holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

 

Mazkur hodisalar oqibatida jabrlangan ishchilar va ularning oila aʼzolariga jami 6,1 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilgan.

 

Masʼullar ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini taʼminlash, nazoratni kuchaytirish va profilaktik choralarni yana-da qatʼiylashtirish zarurligini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика