Shimoliy Koreya navbatdagi raketasini uchirdi. U ming kilometr masofaga borib tushgan.
Yaponiya mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada raketa 6 ming metr balandlikka ko‘tarilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa trayektoriyasi biroz o‘zgartirilgan taqdirda u 15 ming km masofaga uchib borgan bo‘lardi. Bu AQSH quruqlik chegarasiga xavf tug‘dirishini anglatadi.
"Biz hozir hodisani tahlil qilyapmiz. Ammo parvoz 69 daqiqa davom etgan bo‘lishi mumkin. Agar qitʼalararo ballistik raketalar trayektoriyasidan kelib chiqib hisoblansa, u 15 ming kilometr masofagacha borib tushishi mumkin, bu AQSH hududini ham o‘z ichiga oladi", — degan Xamada.
Raketa Osima orolidan 200 kilometr uzoqlikka qulagan. Yaponiya Shimoliy Koreyaga rasman norozilik bildirgan.
Bu KXDRning yil boshidan buyon o‘tkazgan 34-raketa sinovi bo‘ldi.


