Yilning eng yaxshi restorani aniqlandi

“Anhor-Lokomotiv” bog‘ida gastronomik festival bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi restorani aniqlandi

 

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida «Yil restorani-2022» va tanlovi o‘tkazildi.

 

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan festivalda 10 ta restoran, restoran biznesi va turizm vakillari, turli diplomatik elchixonalar vakillari, jurnalist va blogerlar hamda shahar aholisi ishtirok etdi.

 

Tanlovda finalchilar o‘z restoranlarining menyusi va konsepsiyasi asosida degustatsiya dasturxonlarini bezatdilar, shundan so‘ng hakamlar hayʼati taomlarni baholadi.

 

Festivalda «Yevropa taomlarining yilning eng yaxshi restorani», «Eng yaxshi milliy taom restorani», «Eng yaxshi namunali ofitsiant» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar esdalik sovg‘alari, diplom va haykalchalar bilan taqdirlandi.

 

Milliy oshxona nominatsiyasida mukofotlangan restoranlar:

1-o‘rin: “Majnuntol” – Qashqadaryo viloyati;

2-o‘rin: «Qirq chinor» – Navoiy viloyati, “Zamin” – Namangan viloyati;

3-o‘rin: “Anjir” – Toshkent shahri.

 

Xorijiy oshxonalar nominatsiyasida quyidagilar g‘oliblikka munosib deb topildi:

 

1-o‘rin: “Andara” – Buxoro viloyati;

2-o‘rin: “Las-Vegas” – Qoraqalpog‘iston, “Zarafshon” – Navoiy viloyati;

3-o‘rin: “Qanotchi” – Toshkent shahri.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика