1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yilning ikkinchi yarmida neft narxi keskin oshishi mumkin

Goldman Sachs banki xom neft va neft mahsulotlari narxining oshishi xavfi "hozir juda yuqori", deb hisoblaydi.

Yilning ikkinchi yarmida neft narxi keskin oshishi mumkin

 

Bu haqda Goldman Sachs bankining global tovarlar tadqiqoti boshlig‘i Jeffri Karri maʼlum qildi

 

Tahlilchilar joriy yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi, Eron bilan yadroviy bitim tuzishdagi qiyinchiliklar hamda OPEK aʼzolari va uning ittifoqchilarining erkin ishlab chiqarish quvvatlarining qisqarishi fonida neft narxi oshishini bashorat qilmoqda.

 

IHS tahliliy hisobotiga ko‘ra, jahon bozorlarida taklif kam bo‘lgan taqdirda bir barrel Brent nefti narxi 2022 yilning ikkinchi yarmida 135 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Shuningdek, joriy yilning uchinchi choragida narxlar bir barrel uchun 136,3 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Ularning prognozicha, umuman olganda, ikkinchi yarim yillikda neft narxi 135 AQSH dollari darajasida saqlanib qoladi va yiliga o‘rtacha 122 AQSH dollarini tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика