1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yo‘l chetida tahqirlangan ayol himoya orderi olishdan bosh tortdi

Yo‘l chetida tahqirlangan ayol himoya orderi olishdan bosh tortdi.

Yo‘l chetida tahqirlangan ayol himoya orderi olishdan bosh tortdi

 

30-iyul kuni tahririyatimiz tomonidan “Yo‘l chetida tahqirlangan ayol” sarlavhasi ostida erkak kishi tomonidan bir ayolga kuch ishlatilayotgani aks etgan videolavha eʼlon qilingan edi.

 

 Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan X.F. o‘zining turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan M.O. bilan birga Uchtepa tumani Cho‘ponota ko‘chasida ketayotgan vaqtida o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan.

 

O‘zaro janjal oqibatida, X.F. turmush o‘rtog‘i M.O.ga nisbatan kuch ishlatib, sochidan tortgan. Qayd etish kerakki, mazkur holat yuzasidan M.O. ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

 

Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida M.O. turmush o‘rtog‘iga nisbatan hech qanday eʼtirozlari yo‘qligi, 2 nafar farzandi borligi va o‘zaro yarashib olishganini maʼlum qilib, himoya orderi olishdan bosh tortgan.

 

X.F. qilgan ishidan pushaymonligini, jahl ustida turmush o‘rtog‘iga kuch ishlatganini va turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olganini maʼlum qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda himoya orderi 2019 yil 2 sentyabr kuni xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun bilan birgalikda qabul qilingan. Himoya orderi bu – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика