1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin

IIV taklifiga ko‘ra, bir oy ichida 10 marta qoida buzgan haydovchi olti oyga guvohnomasiz qolishi mumkin.

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzuvchi haydovchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish taklifi ilgari surildi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, svetafor talablarini buzish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, belgilangan tezlikni 40–60 km/soatga oshirish kabi xatti-harakatlar og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda.

 

Taklifga ko‘ra, bir oy davomida o‘n marta qoida buzgan shaxs oxirgi qoidabuzarligi uchun nafaqat jarimaga, balki qo‘shimcha tarzda olti oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish jazosiga tortilishi mumkin.

 

Ichki ishlar vazirligi bunday choralar yo‘l harakati qatnashchilari intizomini mustahkamlash, og‘ir oqibatli baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

 

Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun 25-sentabrgacha ochiq bo‘lib qoladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика