1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yo‘lovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi yo‘lovchi ayolga nisbatan qo‘pollik qilgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 25-sentabr kuni soat 15:30 lar atrofida haydovchi “Mashinasozlar” bekatida ko‘p vaqt turib qolgani uchun ayol bunga eʼtiroz bildirgan. Natijada, haydovchi va yo'lovchi orasida nizo kelib chiqqan.

Yo‘lovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

 

Mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, ushbu avtobus Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘illanuvchi “Avtosantrans-servis” MCHJga biriktirlgan, davlat raqami 01/035QBA bo‘lgan, 155-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “ISUZU” rusumli avtobus haydovchisi O.Sh ekani aniqlandi.  

 

Aniqlanishicha, haydovchisi o‘z xizmat vazifasi davomida yo‘lovchini haqoratlagani, yo‘nalishda uyali aloqa vositasidan foydalangani va tibbiy niqob taqmagani uchun vaqtincha vazifasidan chetlatilgan. Voqeaga aniqlik kiritilgandan so‘ng uning haydovchilikka loyiqlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

 

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilgan.

 

Yuqoridagi kabi holatda tez-tez guvoh bo'lamiz. Shu bois oddiy holat sifatida qabul qilamiz. Bunga sabab isteʼmolchilarning o‘z huquq va imkoniyatlarini to‘laqonli tushunib yetmasliklaridir.

 

Hamyurtlarimizga shu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqami yoki info@tashbus.uz elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

 

Avvalroq, jamoat transportlaridan bir oy mobaynida qancha yo‘lovchi foydalanganligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика