Shimoliy Koreyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo va yana besh diplomat 2022 yilda qatl etilgan bo‘lishi mumkin. bu haqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasi xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Pxenyan ularning boshqa davlatga qochib ketishidan xavotirga tushgan. Qatl o‘tgan yilning yoz yoki kuzida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Gazeta manbalariga ko‘ra, qatl etilganlar orasida Li Yon Xo bilan birga Britaniya elchixonasida ishlagan diplomatlar ham bor.
Li Yon Xo 2016-2020 yillarda KXDR tashqi ishlar vazirligini boshqargan. 2011 yilda u Shimoliy Koreya yadro dasturi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarda mamlakat delegatsiyasiga boshchilik qilgan. Shuningdek, diplomat Donald Tramp davrida AQSH bilan maslahat uchrashuvlarida ham ishtirok etgan.


