1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yosh kinoijodkorlar "Oltin ritsar"da eng ko‘p mukofotni qo‘lga kiritdi

Chechenistonda o‘tkazilgan xalqaro kinoforumda dunyoning 60 mamlakatidan 10 mingdan ortiq ijodkor ishtirok etdi.

Yosh kinoijodkorlar "Oltin ritsar"da eng ko‘p mukofotni qo‘lga kiritdi

 

Joriy yilning 24-31 may kunlari Checheniston Respublikasi Grozniy shahrida “Oltin ritsar” ("Zolotoy Vityaz") XXXII xalqaro kinoforumi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zining 32 yillik faoliyati davomida “Oltin ritsar” kinoforumi Rossiya, Belorus, Ukraina, Serbiya, Bolgariya, Moldova, Bosniya va Gertsegovinada kinematografiya, teatr, adabiyot, musiqa va tasviriy sanʼat bo‘yicha yuzdan ortiq keng ko‘lamli forumlar o‘tkazdi. “Oltin ritsar” tadbirlarida dunyoning 60 mamlakatidan 10 mingdan ortiq ijodkor ishtirok etdi.

 

“Oltin ritsar” XXXII xalqaro kinoforumida 153 ta va tanlovdan tashqari dunyoning 20 mamlakatidan, shu jumladan Rossiya, Armaniston, Belorusiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Eron, Iordaniya, Ispaniya, Qozog‘iston, Kanada, Qirg‘iziston, Serbiya Respublikasi, Ruminiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Shveysariyadan 12 ta badiiy, hujjatli, animatsion, debyut, talabalar va bolalar filmlari ishtirok etdi.

 

Kinoforumda xalqaro hakamlar hayʼati tarkibiga Rossiya, Belarus, Argentina, Bolgariya, Germaniya, Ispaniya, Eron, Qirg‘iziston, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Turkiyaning eng yirik ekspertlari kiritilgan.

 

Tanlovdan tashqari, forum doirasida taniqli kinoijodkorlar ishtirokidagi filmlar premyeralari, ularning tomoshabinlar bilan muhokamalari, filmlar retrospektivlari, ilmiy konferensiya, bir qator kinomaktablar bilan ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari tashkil etildi.

 

Kinomaktab va ilmiy konferensiyada O‘zbekistondan sanʼatshunoslik fanlari falsafa doktori, Istanbul kino akademiyasi faxriy akademigi, Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali direktori Eldar Yuldashev ishtirok etdi.

 

Bu yilgi tanlov dasturida O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali talabalarining 4 ta filmi ishtirok etdi. Bular orasida talabalarning debyut ishlari, qisqa metrajli, hujjatli va to‘liq metrajli filmlari ham bor edi.

 

Yosh o‘zbek kinoijodkorlarining filmlari mukofotlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. “Inson”, “Sarobga yo‘l” va “Skotch” filmlari hakamlar hayʼatining alohida mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, “Skotch” filmi eng yaxshi debyut film sifatida bronza diplomiga ham sazovor bo‘ldi.

 

Hakamlar hayʼati raisi, "Nika" kinoakademiyasi Prezidenti Andrey Konchalovskiy “Bu ko‘rsatkich o‘zbek kinosining yangi to‘lqinidan dalolat beradi”, deya taʼkidladi.

 

Taʼkidlab o‘tish joizki, ilgari ushbu filmlar boshqa nufuzli xalqaro kinofestivallarda ham yuqori baholangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика