Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, eng muhimi, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishni ko‘zlagan "Yosh kitobxon" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Unda tuman-shahar bosqichlari g‘oliblari ishtirok etdi.
— Bugun ""Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovida o‘quvchilarim qatnashdi, — Bektemir tumanidagi 293-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Moʻtabar Janiyeva. — Xuddi, o‘zim qatnashayotgandek, hayajonlandim. O‘quvchilarim orasida Shahzoda Botirova faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.12 yosh bo‘lishiga qaramay, bu kabi yutuqqa erishganidan quvondim. Uning opasi Durdona Botirova esa ko‘rik-tanlovdagi faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi. O‘quvchilarim yutug‘i ularning oilasi va maktab jamoasining ham yutug‘idir. Maktabimizda iqtidorli o‘quvchilarimiz juda ko‘p. Biz ustozlarning ulardan umidimiz juda katta.
G‘olib va sovrindorlar maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar, sara asarlardan iborat kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.


