1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YouTube ishonchsiz tibbiy ma'lumotlar bo'lgan videolarni o'chiradi

Endilikda videolarda kovid umuman mavjud emasligi, vaksinatsiya insonlarni chiplash uchun amalga oshirilayotgani hamda odam tanasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan davolash mumkinligini aytish taqiqlanadi.

YouTube ishonchsiz tibbiy ma'lumotlar bo'lgan videolarni o'chiradi

 

Endilikda YouTubedan milliy va xalqaro ko'rsatmalarni buzadigan ichida ishonchsiz tibbiy ma'lumotlar bo'lganvideolar avtomatik tarzda o'chirib tashlanadi. Bu haqda kompaniya blogida ma'lum qilindi.

 

Bayonotda keltirilishicha, endilikda ichida ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lgan tibbiyot mavzusidagi videolar YouTube'dan avtomatik tarzda o‘chiriladi. Bunda asosiy e’tibor onkologik mavzudagi videolarga qaratiladi.

 

"YouTube odamlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni tarqatish platformasi emasligini ta'minlashdir", — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, ta'kidlanishicha, qanday videolar o‘chirib yuborilishi mumkin ekaniga ham bir nechta misol ham keltirilgan. Jumladan, biror narsani ozonoterapiyasi, kerosin, kolloidli kumush va inson sog'ligi uchun zararli bo'lgan boshqa vositalar bilan davolash mumkinligi haqida gapirib bo'lmaydi. 

 

Bundan tashqari, videolarda kovid umuman mavjud emasligi, vaksina inson tanasiga zarar yetkazishi va emlash insonlarni chiplash uchun amalga oshirilmoqda, deb aytish taqiqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика