1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YouTube layk va dislayk bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi

Bundan buyon maʼlum bir videoga nisbatan antipatiya miqdori kontenti tomoshabinlardan yashiriladi.

YouTube layk va dislayk bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi

 

Qayd etilishicha, kompaniya shu yilning yozida tajriba o‘tkazgan va dislayk hisoblagichlarining yo‘qligi foydalanuvchilarning xatti-harakatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishini aniqlagan.


Jamoaning taʼkidlashicha, odamlar ko‘pincha ko‘p sonli dislayklarga tayanib u yoki bu videoni ko‘rmaydi.

 

“Biz ijodkorlar muvaffaqiyatga erisha oladigan va o‘zlarini xavfsiz ifoda etish kuchini his eta oladigan inklyuziv va hurmatli muhit yaratmoqchimiz”, — deyiladi YouTube  bayonotida.


Shu bilan birga, layk qo‘yish imkoniyati saqlanib qolinadi. Yoqtirmaganlar haqidagi maʼlumotlar YouTube Studio‘da video ijodkorlar kontenti samaradorligini baholash uchun mavjud bo‘lib qoladi. Ammo kontent foydalanuvchilari hisoblagichni ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi.


Videoxosting matbuot xizmati ushbu choralarni “tomoshabinlar va mualliflar o‘rtasidagi hurmat muloqotini taʼminlash uchun” ko‘rilganini qo‘shimcha qildi. YouTube o‘zgarishlar bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy etilishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Youtube va Google endi iqlim o‘zgarishiga qarshi bo‘lgan sahifalarni reklama va to‘lovlardan mahrum qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Nasibaa To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика