1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Yovich yozda “Real”ni tark etadi

Futbolchiga Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Yovich yozda “Real”ni tark etadi

 

 

Madridning “Real” klubi va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Luka Yovich joriy transfer oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

 

Avvalroq, Yovichga “Fiorentina” klubi qiziqish bildirayotgani maʼlum bo‘lgandi. “Real Madrid” 24 yoshli forvardning maoshining bir qismini to‘lashda davom etishi mumkin.

 

Yovich 2019 yil yozida Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Real”ga o‘tgan edi. Ispan klubida o‘ynashga moslashishdagi qiyinchiliklar tufayli u 2020/2021 yilgi mavsumning ikkinchi qismi uchun nemis klubi lageriga qaytarildi. 2021/2022 yilgi mavsumda serb “Real” safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика