1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Yozda maymunchechak avj olishi mumkin

Yozgi festivallar infeksiya uchun qulay sharoit bo'ladi — JSST.

Yozda maymunchechak avj olishi mumkin

 

Yevropa mamlakatlarida yozda ommaviy festivallar va ziyofatlar o‘tkazilishi munosabati bilan  maymunchechak kasalligi ko‘payishi mumkin, deya ogohlantiradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi. 


Ta'kidlanishicha, maymunchechak odatda oson tarqalmaydi. Virus singan teri, nafas yo'llari, ko'zlar, burun va og'iz orqali, shuningdek, tana suyuqliklari orqali kiradi.


"Yevropa mintaqasida yoz mavsumiga ommaviy yig'ilishlar, festivallar va ziyofatlar bilan kirib kelayotganimiz sababli, men infeksiya tezlashishi mumkinligidan xavotirdaman", - dedi. JSST Yevropa byurosi rahbari Xans Kluge.


Uning ta'kidlashicha, qo'l va nafas olish a'zolarining gigienasi, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari va infeksiya yuqtirganlarni izolyatsiya qilish  juda muhimdir.


Hozirgacha maymunchechak bilan kasallanish holatlari AQSh, Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya va Avstraliyada qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика