Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 9 aprel kuni soat 17:00 dan 10 aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.
Taʼkidlanishicha, ushbu cheklovdan avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari mustasno.


